11:39 / 12.09.2016
7 798

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 6 Gb tezkor xotirali baquvvat smartfonni chiqaradi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 6 Gb tezkor xotirali baquvvat smartfonni chiqaradi

Xiaomi M5’ning kuchliroq versiyasi — Xiaomi Mi5s smartfoni xususiyatlarini Android Pure resursi oshkor qildi, deb yozadi «Daryo» nashri. Qurilma eng yangi Snapdragon 821 prosessori, shuningdek, 6 Gb tezkor xotiraga ega bo‘ldi.

Yangi Xiaomi smartfonining ekranida iPhone 6s va 7’da mavjud bo‘lgan 3D Touch kabi bosim kuchini tanib olish funksiyasi bo‘ladi. Jami uchta versiya chiqariladi, eng kuchlisiga 6 Gb, qolganlariga 3 va 4 Gb tezkor xotira o‘rnatiladi. Kamera yoqut shisha bilan qoplangan bo‘lib, tirnalishlardan himoyalangan.

Xiaomi Mi5s, shuningdek, 256 Gb (128 Gb, 64 Gb) ichki xotira, 16 megapikselli asosiy kamera, 3410 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Bundan tashqari, qurilmada Qualcomm fast charge 3.0 tezkor quvvat olish funksiyasi bor.

Smartfonning o‘lchamlari 144,55×69,2×7,25 mm, og‘irligi 147 grammga teng.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 6 Gb tezkor xotirali baquvvat smartfonni chiqaradi