01:08 / 13.09.2016
6 545

Instagram'da izohlarni nazorat qilish imkoni paydo bo‘ldi

Instagram'da izohlarni nazorat qilish imkoni paydo bo‘ldi

Instagram fotoservisida izohlarni nazorat qilish uchun yangi funksiya yo‘lga qo‘yildi. Foydalanuvchilar u yordamida o‘zlari noo‘rin yoki haqoratli deb bilgan so‘zlarni belgilashlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida "Kun" ma’lum qildi.

Mazkur opsiya tufayli foydalanuvchi tomonidan taqiqlangan so‘zlar izohlarda ko‘rsatilmaydi.

Yangi funksiyani Instagram sozlamalarida faollashtirish mumkin, buning uchun ilovadagi "oltilik" belgisini bosish kerak.

Servis ishtirokchilari o‘zlari uchun mana shunday so‘zlar ro‘yxatini tuzib, ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalana olishadi. Yangilik mavjud moderasiya vositalariga qo‘shimcha sifatida kiritildi: Instagram'da avvalgidek izohlarni o‘chirish, noo‘rin izohlar haqida xabar berish va akkauntlarni bloklash mumkin.

"Barcha foydalanuvchilarimizni xavfsizlantirish uchun biz insonlarga hech qanday tanqid yoki haqoratni ko‘rsatmay, o‘zligini saqlab qolishiga sharoit yaratishimiz lozim", - deya ta’kidladi Instagram bosh direktori Kevin Sistorom.

12 sentyabrdan e’tiboran Android va IOS (9.3.) foydalanuvchilari yangi funksiya asosida o‘z sahifalaridagi izohlarni boshqarishlari mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram'da izohlarni nazorat qilish imkoni paydo bo‘ldi