Tesla Motors kompaniyasi Amerikaning boshqa bir kompaniyasi Quest Integrity Group neft xizmati ko‘rsatuvchi firmaning moliyaviy direktori Todd Katsga nisbatan bir qarashda g‘alati ayblovni ilgari surmoqda. Forbes jurnalining yozishicha, Kats Model 3 elektromobili xususida maxfiy ma’lumotlarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishga urinib, o‘zini Tesla rahbari Ilon Maskka o‘xshatishga harakat qilgan.
Kaliforniya shtati Santa Klara okrugi oliy sudiga topshirilgan hujjatlarda aytilishicha, 3 avgust kuni Tesla bosh moliya mutaxassisi Jeyson Uilerga qachonlardir Mask foydalangan elektron pochta manzilini yodga soluvchi manbadan maktub kelgan. Maktub Tesla rahbari nomi bilan yakunlangan.
Murojaatchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, maktubda moliyaviy bashoratlar va Model 3 bo‘yicha buyurtmalar xususidagi axborotlarni yuborish iltimos qilingan. Tesla Motors kompaniyasining taxmin qilishicha, xatni yuborganlar ortida nafaqat Kats emas, balki o‘nga yaqin manfaatdor shaxslar turibdi.
Endilikda, Tesla Quest Integrity Group tovon puli to‘lashini talab qilmoqda. Hozircha, Katsning o‘zi nashrga bu borada izoh bermagan.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi