23:21 / 19.09.2016
6 644

Xitoyda sotilgan 2ta Galaxy Note 7 portlab ketdi

Xitoyda sotilgan 2ta Galaxy Note 7 portlab ketdi

Xitoyda Samsung smartfonlari portlab ketishi bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Bu haqda Bloomberg'ga asoslanib "Kun" xabar berdi.

19 sentyabr kuni Janubiy Koreya kompaniyasi mahsuloti bo‘lgan ikkita Galaxy Note 7 smartfoni portlashi qayd etilgan.

Samsung kompaniyasidagilarning bildirishicha, bu smartfonlarga ATL kompaniyasi tomonidan tayyorlangan batareyalar o‘rnatilgandi. Boshqa mamlakatlarga sotilgan va muammolar kuzatilgan smartfonlarda esa Samsung SDI kompaniyasi tayyorlagan mahsulotlar o‘rnatilgan.

Samsung SDI kompaniyasi Galaxy Note 7 uchun batareyalarning 70 foizini etkazib bergan.

Sentyabr oyi boshida Samsung Galaxy Note 7 sotuvi boshlangan vaqtdan buyon AQShda smartfonning yonib ketishi bilan bog‘liq o‘nlab holatlar qayd etilgani ma’lum bo‘lgach, kompaniya o‘z mahsulotidan foydalanish xavfli ekanini tan oldi.

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 yonib ketishining dastlabki sababini ma’lum qilgan. Bunga ishlab chiqarishdagi xatoliklar sabab bo‘lgan. Nuqson batareyalar tarkibidagi plastinaga bosim ko‘rsatilishi natijasida kelib chiqqan. Samsung’dagilar batareya shikastlanishining «aniq sababi»ni topish uchun yanada puxtaroq tahlil o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

Hozirda Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini almashtirishni yo‘lga qo‘ygan. Barcha mahsulotlar yangisiga almashtirib berilmoqda.

Bu muammolar kompaniyaga katta zarar keltirmoqda. 12 sentyabr, dushanba kuni Seuldagi Koreya birjasida savdolar yakunlanadigan payt ularning narxi donasi uchun avvalgidek 1,639 million von (1487 dollar) emas, 1,465 million vonni tashkil etdi.

Ekspertlar taxminiga ko‘ra, uzoq muddatli istiqbolda Galaxy Note 7 bilan bog‘liq muammolar Samsung mavqeyiga 211 milliard dollar atrofida zarar keltirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda sotilgan 2ta Galaxy Note 7 portlab ketdi