Odnoklassniki OAVlar muharirlariga chop etadigan yangiliklarida foydalanishi uchun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kontentini qidirish imkonini beruvchi «OK Live OAVlar uchun» xizmatini ishga tushirdi. Yangi xizmat nafaqat Rossiya, balki butun dunyo bo‘ylab ishga tushdi.
Xizmat ijtimoiy tizimning veb-sayt ko‘rinishida ishlaydi. U dunyoning interaktiv haritasi, foydalanuvchilarning va guruhlarning ommabop onlayn-videolari, yozuvlar arxivi, kalit so‘zlar, videoning nomi, geografik koordinatalar bo‘yicha qidiruvdan iborat. Bu jurnalistlarga tezlik bilan voqea sodir bo‘lgan erdan noyob kontentga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
Xizmat ishga tushirlganligining sababi foydalanuvchilar tomonidan olinayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar sonining oshishi va shunga o‘xshash jonli video uzatish xizmatlaridan farqli o‘laroq qo‘rsatilgan videoni saqlash va jonli translyasiyadan so‘ng qayta ko‘rsatish imkoniyati borligidir. “OK Live” ilovasida olingan video hox ijtimoiy tizimda, hox saytda namoyish qilinishi mumkin. “Embed” video to‘g‘ridan-to‘g‘ri dastlabki manbaga – videoning muallifi va joylashtirilgan erga havola beradi.
Anastasiya Jbanova, Odnoklassniki loyihasining matbuot xizmati rahbari:
“OK foydalanuvchilari uchun translyasiyaning asosiy ssenariylaridan biri bu — voqealik joyida bevosita bo‘lish. Bunday videolar tezlik bilan “virusli” videoga aylanib tezda OKning ommobop videolar qatoridan joy oladi. Bizning fikrimizcha bunday kontent o‘zining tezkorligi va voqealikni ob’ektiv tarzda ko‘rsatishi bilan qimmatli” “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi