11:59 / 10.03.2015
7 484

Apple korporasiyasi Apple Watch’ning final versiyasini namoyish qildi

Apple korporasiyasi Apple Watch’ning final versiyasini namoyish qildi

San-Fransiskoda bo‘lib o‘tayotgan Spring Forward maxsus tadbiri davomida Apple kompaniyasi Apple Watch «aqlli soati»ning bir nechta ko‘rinishini namoyish qildi.

Soatlar siferblatiga vaqt haqida ma’lumotdan tashqari, vidjetlar: taymer, kalendar va dunyo soati, pulsometr, treker va boshqalarning ma’lumotlarini chiqarish mumkin.

Soatga mikrofon o‘rnatilgan, u orqali qo‘ng‘iroqlarga javob berish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, soat Apple Pay to‘lov tizimini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Apple Watch bir quvvatlanishda 18 soatgacha ishlay oladi.

Apple Watch Sport’ning bazaviy versiyasining 38-mmli modelining narxi 349 dollardan va 42 mmli modelining narxi 399 dollardan boshlab sotiladi. Soatning zanglamaydigan po‘latdan ishlangan versiyasiga 549 dollardan 1049 dollargacha bo‘lgan narx belgilangan. Tilladan ishlangan Apple Watch Edition versiyasi esa 10 ming dollardan sotiladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple korporasiyasi Apple Watch’ning final versiyasini namoyish qildi