Instagram ijtimoiy tarmog‘ida reklama beruvchilar soni 6 oy ichida ikki karra oshdi

  • 23 sentyabr 2016, 16:25
  • 4 811
  • Texnologiya
  • Instagram ijtimoiy tarmog‘ida reklama beruvchilar soni 6 oy ichida ikki karra oshdi

    Facebook’ga qarashli Instagram ijtimoiy tarmog‘i bilan hamkorlik qiluvchi reklama beruvchilar 2016 yil fevral oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan ikki baravar oshib, 500 ming nafarga etdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" sayti.

    Instagram tarmog‘iga reklama joylashtirish xizmati 2015 yil sentyabr oyida taqdim etilgandi. Reklama beruvchilarning soni ortishiga tarmoqning foydalanuvchilar orasida keng ommalashayotgani turtki bo‘lgan, deya taxmin qilish mumkin. Bu borada Instagram Twitter mikrobloglar tarmog‘idan o‘zib ketdi. Bu tarmoqda reklama beruvchilar soni 100 ming nafarni tashkil etadi. Facebook ijtimoiy tarmog‘i esa xozircha barcha dasturlarni ortda qoldirmoqda. Undagi reklama beruvchilar soni 2 millionga etgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Instagram ijtiomiy tarmog‘iga reklama joylashtirishga asosan kichik biznes vakillari qiziqish bildirishmoqda. Ular asosan AQSh, Braziliya, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Kanada fuqarolaridir.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Instagram ijtimoiy tarmog‘ida reklama beruvchilar soni 6 oy ichida ikki karra oshdi