O‘zbekistonda Apple iPhone 7 smartfoni sotila boshladi, deb yozadi «Daryo». Sotuvchilar so‘zlariga ko‘ra, xaridorlar yangi smartfonni sotib olishga unchalik shoshmayapti: ko‘pchilik dastlabki baland narx pasayishini kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, iPhone 7 7 sentyabr kuni rasman taqdim etilgan va dunyo bo‘ylab 16 sentyabr kuni sotuvga chiqqan edi.
Smartfon to‘rt yadroli Apple A10 Fusion prosessori, 32 Gb (128 va 256 Gb versiyalari ham bor) ichki xotira, 12 megapikselli asosiy kamera, 4,7 dyuymli ekranga ega bo‘ldi.
Poytaxtdagi «Fleshka» savdo majmuasida iPhone 7’ning 32 Gb ichki xotirali versiyasi 5,7 million so‘m, 128 Gb versiyasi esa 6,5 million so‘mga taklif qilinmoqda. Qurilmaning 256 Gb xotirali versiyasi hozircha sotuvda yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi