00:31 / 06.10.2016
7 785

Leagoo Venture 1 – xitoylik arzon Vertu

Leagoo Venture 1 – xitoylik arzon Vertu

Xitoyning Leagoo kompaniyasi qimmatbaho Vertu smartfonlari uslubida yaratilgan Leagoo Venture 1 modeli uchun buyurtmalarni qabul qilishda davom etmoqda. Yangi model 16 GB doimiy xotira bilan ta’minlanadi.

Leagoo Venture 1 smartfonining korpusi teri va metalldan ishlangan, unga MediaTek MT6753 prosessori, 3 GB tezkor xotira, 5 dyuymli HD ekran, barmoq izi skaneri, 13 MPli asosiy va 8 MPli old kamera o‘rnatilgan. Qurilma 3000 mA/st sig‘imli LGQC (5 V, 1,5 A) standartidagi tezkor zaryadlash funksiyasiga ega bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi.

Leagoo Venture 1 Android 5.1 Lollipop platformasida ishlaydi. Narxi – 169,99 dollar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Leagoo Venture 1 – xitoylik arzon Vertu