Avgust oyining boshida global taqdimoti o‘tkazilgan Samsung Galaxy Note 7 fableti, barchaga ma’lumki, batareyadagi nosozlik tufayli foydalanuvchilardan qaytarib olindi, xavfsiz versiyaga almashtirildi, va nihoyat Janubiy Koreyada qayta sotuvga chiqarildi. Ushbu rezonans tufayli Samsung tomonidan nafaqat juda katta moliyaviy mablag‘ sarflandi, balki kompaniyaning iste’molchilar orasidagi obro‘siga ham putur etdi, deyiladi "Terabayt.uz" sayti xabarida.
Garchi endilikda mazkur muammo ancha tin olgan bo‘lsa-da, Janubiy Koreyaning yana bir texnologiya giganti bo‘lgan LG kompaniyasi Divali bayrami arafasida Hindistondagi mijozlariga yuborgan SMS xabarlarda Galaxy Note 7 bilan bog‘liq holatni bilvosita tilga oldi. LG o‘z mijozlariga yuborgan xabarda shunday deyiladi: “Yonib ketayotgan qurilmalar haqida yangiliklarni eshitdingizmi? LG kompaniyasida barcha mahsulotlar mijozlarimizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir necha bosqichli sinovlardan o‘tkaziladi. LG bilan Divali bayramini bexavotir o‘tkazing!”
Albatta, mazkur xabarda LG o‘zining Janubiy Koreyalik raqibini nazarda tutganini anglash mushkul emas. Motorola ham bunday hazil-xabarni o‘zining Twitter’dagi sahifasida bundan bir oycha muqaddam yozgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi