11:41 / 10.10.2016
9 320

Oppo ilg‘or kamerali R9S modelini tayyorlamoqda

Oppo ilg‘or kamerali R9S modelini tayyorlamoqda

Xitoyning Oppo kompaniyasi shu oyning 19 sanasida bo‘lib o‘tadigan R9S modelining taqdimotiga taklifnomalarni yuborishni boshladi. Taxminlarga ko‘ra, mazkur smartfon kuchli texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Jumladan, unga Meizu MX6 modelidagi kabi Sony IMX386 kamera sensori o‘rnatilishi mumkin.

Hozircha Sony IMX386 kamera sensoriga qarashli texnik parametrlar haqida ma’lumot berilmagan. Biroq undagi diafragma ko‘rsatkichi f/1,7 bo‘lishi aytilmoqda. Agar ushbu ma’lumot rost bo‘lsa, yangi model Samsung Galaxy S7 Edge kamerasi darajasida suratga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Smartfonga Qualcomm Snapdragon 625 prosessori, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatilishi kutilmoqda. VOOC standartidagi tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan 3100 mA/st sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi.

Oppo R9S smartfoniga tegishli boshqa texnik parametrlar oshkor etilmagan. Xitoyning mazkur kompaniyasi nisbatan arzon va yaxshi texnik ko‘rsatkichlarga ega gadjetlar ishlab chiqarib, Osiyo mamlakatlarida ancha qoniqarli savdo natijalarini qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Oppo ilg‘or kamerali R9S modelini tayyorlamoqda