11:54 / 10.10.2016
6 632

Samsung Galaxy Note 7 ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatadi

Samsung Galaxy Note 7 ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatadi

AQSh va Janubiy Koreyada bir nechta yangi partiyadagi, almashtirib berilgan Galaxy Note 7 smartfonlari yana yoni ketganligi tufayli Samsung mazkur smartfonni ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatib turadi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.

Samsung AQSh, Xitoy va Janubiy Koreya rasmiy tashkilotlari bilan muammoni aniqlash va hal etish maqsadida ushbu modeldagi smartfonni tayyorlashni vaqtinchalik muzlatgan. Hozircha almashtirilgan Galaxy Note 7 smartfonlarining yonib ketishi yuzasidan ishlab chiqaruvchi hech qanday izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy Note 7 smartfonlaridagi batareyada nosozlik aniqlangach va bir necha o‘nlab yonib ketish holatlari qayd etilgach, kompaniya ularni qaytarib olishni boshlagan. Biroq hatto almashtirilgan Galaxy Note 7 smartfonlarida ham qizib ketish va batareyaning bir maromda ishlamasligi kabi kamchiliklar mavjud bo‘lgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy Note 7 ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatadi