11:57 / 10.10.2016
11 033

Yangi Bravo Online tarifi – abonentlar uchun yanada ko‘p bonuslar

Yangi Bravo Online tarifi – abonentlar uchun yanada ko‘p bonuslar

Beeline yangi Bravo Online tarifining ishga tushgani haqida xabar beradi. Endi ushbu tarifda balans $2,99dan $3,99 gacha bo‘lgan mablag‘ga to‘ldirilganda kompaniya abonentlari 7 kunga 200 daqiqani va qo‘shimcha 200 daqiqani dam olish kunlarida tarmoq ichidagi suhbat uchun, shuningdek Telegram, Viber va WhatsApp messenjerlarida muloqot qilish uchun 200 Mb qo‘lga kiritadilar.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremov shunday dedi: “Biz mazkur taklifni oddiy aksiyadan bepul muloqot uchun bonusli haqiqiy tarif rejasigacha rivojlantirib oldinga ulkan qadam tashladik. Ko‘plab abonentlarning istaklariga ko‘ra har safar xisob $2,99dan ortiq mablag‘ga to‘ldirilganda bepul daqiqalarni qo‘lga kiritish imkonini uzaytirdik. Bundan tashqari, hisobda mavjud barcha mablag‘lar aloqaning boshqa xizmatlariga sarflash uchun balansda qoladi”.

Yangi Bravo Online tarifida tarmoq ichidagi chiqish qo‘ng‘iroqlarining daqiqasi $0,02ni tashkil etadi. O‘zbekiston bo‘yicha qolgan chiqish qo‘ng‘iroqlarining daqiqasi - $0,03. Mahalliy SMS‘lar narhi $0,02, Internet – bir megabayt uchun $0,1. Kunlik abonent to‘lovi - $0,06.

Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasi abonentlari uchun tarif rejasiga o‘tish kodi *110*570#.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi Bravo Online tarifi – abonentlar uchun yanada ko‘p bonuslar