13:08 / 13.10.2016
7 192

Xiaomi Mi Alarm Clock – aqlli budilnik

Xiaomi Mi Alarm Clock – aqlli budilnik

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi so‘nggi vaqtda turli aqlli gadjetlarni yaratishda davom etmoqda. Bu gal xitoylik shovvoz Mi Alarm Clock nomli aqlli budilnikni taqdim qildi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.

Yangi gadjet foydalanuvchini yoqimli musiqalar bilan asta-sekin uyg‘otishi mumkin. Qurilmada svetodiodli yorug‘lik foni ko‘zda tutilgan, unga signal o‘chiradigan yirik tugma o‘rnatilgan. Bundan tashqari, gadjetni Mi App ilovasi orqali smartfondan sozlash imkoniyati mavjud. Mi Alarm Clock birlamchi parametrlar bo‘yicha o‘rnatilgan standart signallarga ega, biroq foydalanuvchi smartfondagi istalgan ohangni ham sozlasa bo‘ladi. Eng qizig‘i, budilnik nafaqat uyqudan uyg‘onishga, balki sokin musiqalar ostida uyquga ketishda ham yordam beradi.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, gadjetga turli ovoz balandliklarini qo‘llab-quvvatlaydigan ilg‘or dinamik o‘rnatilgan. Mi Alarm Clock 30 dollar narxida sotuvga chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi Mi Alarm Clock – aqlli budilnik