13:10 / 13.10.2016
6 530

Google va Facebook Osiyoga yuqori tezlikdagi internet olib keladi

Google va Facebook Osiyoga yuqori tezlikdagi internet olib keladi

Ayni vaqtda AQShning ikki yirik kompaniyasi — Google va Facebook o‘zaro hamkorlikda Los-Anjelesdan (AQSh) Gongkonggacha yuqori tezlikdagi internet kabellarini o‘rnatish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar bergan.

Anglaganingizday kabellar Tinch okeani orqali o‘tkazilib, konstruksiyaning umumiy uzunligi qariyb 13 ming kilometrni tashkil qiladi. Mustahkam tolali kabellar Osiyo qit’asiga soniyasiga 120 terabit tezlikdagi internet oqimini olib keladi.

Albatta, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘ini taqdim qiladigan bunday konstruksiya har ikki kompaniyaga Osiyo qit’asida yanada samarali servis ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Yirik kabelli internet kabellari ushbu sohada etarli tajribaga ega saviyali kompaniyalar tomonidan Tinch okeani orqali o‘tkaziladi. Mazkur konstruksiya “Pacific Light Cable Network” nomi bilan yuritilib, 2018 yilda qurib bitirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Facebook kompaniyasi Microsoft bilan Atlantika okeanidan katta tezlikdagi internet kabellarini o‘tkazishga kelishib olgan edi. Google esa 6 bor xuddi shunday loyihaga qo‘l urmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google va Facebook Osiyoga yuqori tezlikdagi internet olib keladi