Italiyaning Tankoa kemasozlik korxonasi S621 deb nomlangan qoyilmaqom yaxta renderini namoyish qildi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
62 metrli kemada infiniti suv havzasi qurilgan. “Infiniti suv havzasi” bu cho‘miladigan kichik hovuz bo‘lib, undagi suv go‘yoki ufqqa qadar cho‘zilgandek tasavvur uyg‘otadigan tarzda dekorasiyalangan bo‘ladi (infinity – ing. cheksizlik).
Tankoa prezidenti Gvido Orsi o‘ziga xos nodir yaxta yaratilishini urg‘ulaydi. Yaxtani taniqli arxitektorlar Franchesko Pachkovski va Vinchenso Rudjiero loyihalashtirdi.
Kemaning quyrug‘i o‘ziga xos tarzda uzaytirilib ishlangan. Korpusi po‘latdan, ustqurmasi yengil qotishmadan ishlangan. Kemaning suv sig‘imi 900 tonna, loyihaviy tezligi 14 uzel, ya’ni soatiga 26 km. Avtonom holda 4500 dengiz mili (taxminan 8300 km) suza oladi.
Tankoa Yachts shirkati 2008 yilda tashkil topgan. U Genuyada joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring