16:37 / 14.10.2016
6 394

Samsung Galaxy Note 7 tufayli ko‘riladigan zararni 5,3 mlrd dollarga baholadi

Samsung Galaxy Note 7 tufayli ko‘riladigan zararni 5,3 mlrd dollarga baholadi

Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqarish va sotishdan voz kechish joriy hamda kelgusi chorakda Samsung Electronics uchun 3 milliard dollar atrofida zarar keltiradi. Bu haqda 14-oktabr, juma kuni kompaniya vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Muammoli model qaytarib olinishi bilan bog‘liq umumiy ziyon Samsung tomonidan kamida 5,3 milliard dollarga baholanmoqda. Note 7 tufayli kompaniya oktabr—dekabrda 2 trillion, yanvar—martda esa yana 1 trillion von yo‘qotadi.

Samsung o‘z mahsulotlari xavfsizligi va sifatini tekshirish jarayonini o‘zgartirishni va’da qildi. Buning qanday amalga oshirilishi oshkor etilmadi.

Note 7 qaytarib olinishi tufayli ko‘rilgan zararni qoplash uchun kompaniya shu yil bahorda chiqarilgan Galaxyning ikki boshqa modeli — Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge sotuvini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy Note 7 tufayli ko‘riladigan zararni 5,3 mlrd dollarga baholadi