14:10 / 16.10.2016
7 226

Samsung ruchkali premium Chromebook Pro noutbukini tayyorladi

Samsung ruchkali premium Chromebook Pro noutbukini tayyorladi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi ruchka va sensorli displeyga ega bo‘lgan metall korpusli Chromebook Pro modelini ishlab chiqdi. Qurilmaga 2400 X 1600 aniqligidagi 12,3 dyuymli ekran o‘rnatilgan. Hozircha gadjetga ilova qilingan ruchka Wacom firmasiga tegishli ekanligi noma’lum.

Model yupqa va zamonaviy metall korpus bilan ajralib turadi, uning qalinligi – 12, 9 mm, og‘irligi esa 1, 08 kg. Noutbuk korpusi aylana qirralarga ega, bu esa uning ergonomikasini sezilarli darajada kuchaytirgan. Agar Pixel turkumidagi modellarni hisobga olmasak, u premium turkumdagi yagona xrombuk hisoblanadi.

Noutbukka 4 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira, 6 yadroli chastotasi 2 GGs bo‘lgan prosessor, o‘rnatilgan, USB-C porti, xotira kartasi sloti ko‘zda tutilgan. Qurilma akkumulyatori 10 soatlik ishlash davomiyligini ta’minlaydi.

Eng qizig‘i, Samsung Chromebook Pro noutbukida Android ilovalardan foydalanish mumkin. Qurilmaning taxminiy narxi 499 dollarni tashkil qiladi. Sotuvga chiqish sanasi hozircha ma’lum qilinmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung ruchkali premium Chromebook Pro noutbukini tayyorladi