22:11 / 11.03.2015
5 751

«Yandeks» 2014 yilda eng ko‘p izlangan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi

«Yandeks» 2014 yilda eng ko‘p izlangan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi

«Yandeks» qidiruv xizmati foydalanuvchilar tomonidan 2014 yilda eng ko‘p izlangan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, so‘rovlarning 95 foizi kundalik hayotning turli jabhalari − ta’lim, turmush muammolarini echish, ko‘ngilohar sohalar bo‘lgan. Foydalanuvchilar turli atamalar va notanish so‘zlar, yangi so‘zlar, memlar, yangi xizmatlar, bayramlarning ma’nosini qidirgan.

2010−2013 yillarda deyarli bir xil so‘zlar: «sevgi», «imxo», «lizing», «epitet», «akkaunt», «wi-fi», «franshiza» kabilar ko‘p izlangan. 2014 yilda esa eng ko‘p qidirilgan 25 ta so‘zdan 13 tasi yangi bo‘lgan. So‘nggi 5 yilda ilk marta «sevgi» so‘zi 1-o‘rinni egallay olmagan. «Selfi» birinchi, «maydan» ikkinchi, «SNILS» uchinchi ko‘rsatkichni qayd etgan.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Yandeks» 2014 yilda eng ko‘p izlangan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi