12:51 / 18.10.2016
6 954

Ramkasiz Xiaomi Mi Note 2 modelining suratlari paydo bo‘ldi

Ramkasiz Xiaomi Mi Note 2 modelining suratlari paydo bo‘ldi

Xitoyning Weibo mikroblogida Xiaomi Mi Note 2 modelining tasvirlari e’lon qilindi. Hozircha mazkur modelning taqdimot sanasi ma’lum emas. Terabayt.uz nashrining yozishicha, gadjet 25 oktyabrda namoyish qilinishi mumkin.

Qizig‘i shundaki, Xiaomi Mi Note 2 modeli deb taxmin qilinayotgan model xuddi Galaxy Note 7 singari ikki tomondan yon ekranlarga ega. Shu bilan birga, smartfonga qo‘sh kamera o‘rnatilishi mumkin.

Weibo mikroblogida tarqalgan suratlarga qarab yaqinda e’lon qilinishi kutilayotgan Xiaomi Mi Note 2 modeli kompaniyaning boshqa qurilmalari kabi MIUI interfeysida ishlashini payqash mumkin. Boshqa manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi Note 2 modeli Snapdragon 821 prosessori va 3600 mA/st sig‘imli batareya bilan quvvatlanadi. Unga 6 Gb tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatilishi kutilmoqda.

Hozircha modelning narxiga aniqlik kiritilmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ramkasiz Xiaomi Mi Note 2 modelining suratlari paydo bo‘ldi