17:55 / 18.10.2016
6 004

Beeline Toshkentda bir vaqtning o‘zida o‘nlab yangi baza stansiyalarini ishga tushirdi

Beeline Toshkentda bir vaqtning o‘zida o‘nlab yangi baza stansiyalarini ishga tushirdi

Beeline 3G tarmog‘i qoplami va hajmining navbatdagi kengayishi haqida xabar beradi. Toshkentda 30dan ziyod baza stansiyalari ishga tushirildi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning Toshkent hududiy filiali direktori Dmitriy Resh shunday dedi: “Poytaxtdagi 4G LTE texnologiyasining tezkor joriy qilinishi bilan bir qatorda, biz tanish bo‘lgan 3G tarmog‘ini ham yuqori tezlikda kengaytirishni davom etmoqdamiz. Ikki holda ham bu Beeline Interneti tezligining yuqori sifatini ta’minlaydi”.

Yangi 3G baza stansiyalari quyidagi tumanlarda o‘rnatilgan:

- Olmazor (Qoraqamish 2/4 mavzesi, Tansiqboyev-3, A. Niyozov, G‘ofur G‘ulom, G‘alaba, Qorasaroy va Minor ko‘chalari bo‘ylab);

- Bektemir (Oltintopgan ko‘chasi bo‘ylab);

- Mirobod (Nukus ko‘chasi va Mo‘ynak va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishmasida);

- Mirzo-Ulug‘bek (Yugnakiy, Yalang‘och va TTZ-4 mavzelari bo‘ylab, shuningdek Sho‘rtepa ko‘chasida);

- Sirg‘ali (Sirg‘ali-1 va Qo‘yliq-5 mavzelari, shuningdek Pochtovaya ko‘chasi bo‘ylab);

- Uchtepa (Uyg‘ur ko‘chasi bo‘ylab);

- Chilonzor (O‘zbekiston va Chilonzor ko‘chalari bo‘ylab, shuningdek Chilonzor-19 va E kvartallarida);

- Yunusobod (Amir Temur, Bog‘ishamol ko‘chalari va 8 kvartalda);

- Yakkasaroy (Qorasuv va 1-katta Mirobod ko‘chalari bo‘ylab).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline Toshkentda bir vaqtning o‘zida o‘nlab yangi baza stansiyalarini ishga tushirdi