Terabayt.uz nashri yozishicha, 2016 yil 3 choragida jahon bo‘ylab jami 2,7 mln dona smart-soat sotuvga chiqarilgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 51,6 foizga kamdir (2015 yilning 3 choragida jami 5,6 mln dona smart-soat sotuvga chiqarilgan edi).
Ushbu segmentda haligacha AQShning Apple kompaniyasi yaqqol etakchilik qilib kelmoqda. Shunga qaramasdan uning bu yilgi savdo ko‘rsatkichlari 71,6 foizga tushib ketgan (savdolar 3,9 milliondan 1,1 milliongacha kamaygan). Tahlilchilarning fikricha, so‘nggi chorakda taqdim etilgan yangi qurilmalar hisobiga 2016 yilning 4 choragida smart-soatlarning sotuvlari o‘sishi mumkin.
Smart-soatlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha Garmin, Samsung, Lenovo va Pebble ro‘yxatning yuqori pog‘onalaridan joy olgan. Eng qizig‘i, Garmin kompaniyasi keskin o‘sish ko‘rsatkichlarini qayd qilib, Janubiy Koreyaning Samsung firmasidan o‘tib ketishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi