Xitoyning Lenovo kompaniyasi Phab 2 va Phab 2 Plus nomli yirik ekranga ega fabletlarning taqdimotini o‘tkazdi. Terabayt nashrining qayd etishicha, Har ikkala model 6,4 dyuymli ekran bilan jihozlangan, biroq Phab 2 Plus versiyasi standart versiyaga qaraganda bir muncha kuchli texnik parametrlarga ega.
Lenovo Phab 2 Plus korpusi magniy-alyuminiy qorishmasidan yaratilgan, Full HD aniqligidagi displey, 13 MPli qo‘sh kamera va 8 Mpli old kamera bilan jihozlangan. Unga takt chastotasi 1,3 GGs bo‘lgan 8 yadroli MediaTek MTK8783 prosessori, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. LTE va 2 SIM-karta ishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Lenovo Phab 2 modelining korpusi plastikdan ishlangan, HD aniqligidagi displey, 13 MPli asosiy va 5 MPli old kameraga ega. To‘rt yadroli MediaTek MTK8735 prosessorida ishlaydi. Xotira ko‘rsatkichlari Lenovo Phab 2 Plus bilan bir xil.
Ikkala smartfonga sig‘imi 4050 mA/st bo‘lgan batareya o‘rnatiladi. Phab 2 versiyasi 317 dollar, Phab 2 Plus esa 365 dollar narxida noyabr oyida Rossiyada sotuvga chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi