12:31 / 29.10.2016
6 311

LG Nexus 5X uslubidagi arzon LG U smartfonini taqdim qildi

LG Nexus 5X uslubidagi arzon LG U smartfonini taqdim qildi

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi kuni kecha Nexus 5X uslubidagi arzon LG U smartfonni namoyish qildi. Hozircha model faqat Janubiy Koreyada sotiladi, deya xabar bermoqda LG bilan aloqador saytlardan biri.

LG U xuddi Nexus 5X singari 5,2 dyuymli Full HD 1080p (1080 x 1920 piksel) aniqligidagi displey, 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. Model o‘lchamlari (147,6 x 73,2 x 7,7 mm) va og‘irligi (135 gramm) bilan Google uchun chiqarilgan smartfonga juda yaqin. Gadjetga 1,4 GGs chastotadagi Snapdragon 4xx prosessori, 3000 mA/st sig‘imli batareya, 13 MPli asosiy va 5 MPli old kamera o‘rnatilgan.

Doimiy xotira sig‘imini microSD-karta yordamida kengaytirish mumkin.

Model Janubiy Koreyada LG U+ mobil operatori tomonidan 340 dollar narxida uchta rang versiyalarida sotilishi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG Nexus 5X uslubidagi arzon LG U smartfonini taqdim qildi