Terabayt.uz saytining ma’lumot berishicha, Oppo firmasi 2016 yil 3 chorak davomida Xitoyda eng ko‘p smartfon sotishga muvaffaq bo‘lgan kompaniyaga aylandi. Ta’kidlash kerak, Xitoyda mashhur bo‘lgan mazkur smartfon ishlab chiqaruvchi o‘z tarixida birinchi marotaba bunday ko‘rsatkichni qayd qilmoqda.
Ayniqsa, firmaning R seriyasidagi modellar ko‘plab mijozlarning e’tirofiga sabab bo‘ldi. Masalan, bundan bir necha kun oldin Oppo ilg‘or kamera va kuchli texnik parametrlarga ega bo‘lgan Oppo R9 Oppo va R9 Plus smartfonlarini namoyish qildi va bu smartfonlar jahondagi IT sanoati mutaxassislari tomonidan iliq kutib olindi.
Oppo 3 chorak davomida 25,3 million dona smartfonni sotuvga chiqargan va 16,6% Xitoy smartfon bozorining ulushiga egalik qilgan. Bu avvalgi yildagi ko‘rsatkichdan 121,6%ga yuqoridir. Eng qizig‘i, Oppo bilan bir qatorda Vivo firmasi ham smartfon sotuvlari borasida Huawei va Xiaomi kompaniyalarini ortda qoldirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi