Motorola Connect Coin bilan buyumlarni yo‘qotmaysiz

  • 01 noyabr 2016, 11:30
  • 4 693
  • Texnologiya
  • Motorola Connect Coin bilan buyumlarni yo‘qotmaysiz

    O‘tgan yili Lenovo’ga qarashli Motorola mobil departamenti aksessuarlar bo‘limini Binatone Global kompaniyasiga sotib yuborgan edi. Shundan beri Binatone Global Moto Hint+ nomli aqlli naushnik va VerveLife markasidagi simsiz garnituralarni sotuvga chiqardi. Joriy haftada mazkur firma Motorola Connect Coin nomi ostida smart-brelokni namoyish etdi. Gadjet 2014 yilda tayyorlangan KeyLink modelining davomchisi sifatida yaratilgan.

    Terabayt.uz saytining yozishicha, Connect Coin brelokini kalit, smartfon, avtomobil va boshqa buyumlarga taqish mumkin. Gadjetga sozlangan GPS-treker yordamida yo‘qotilgan narsalarni tezda topishingiz mumkin. Connect Coin telefonga Bluetooth 4.0 LE orqali ulanadi va masofadan kamera hamda musiqani boshqarish imkoniyatini beradi.

    Shuningdek, aksessuar yordamida smartfonga avvaldan o‘rnatilgan kontaktlarga SOS xabarlarni yuborish mumkin. Brelokni smartfonga o‘rnatiladigan maxsus ilova orqali sozlasa bo‘ladi.

    Motorola Connect Coin noyabr oyida Osiyo mamlakatlarida sotuvga chiqadi, narxi hozircha noma’lum.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Motorola Connect Coin bilan buyumlarni yo‘qotmaysiz