00:09 / 03.11.2016
7 117

TATU talabasi “Pasport stoli uchun ma’lumotlar bazasi” dasturini yaratdi

TATU talabasi “Pasport stoli uchun ma’lumotlar bazasi” dasturini yaratdi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining iqtidorli talabasi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Mohinur Abdug‘afforova ilmiy rahbari Venera Karimova bilan “Pasport stoli uchun ma’lumotlar bazasi” hamda “Pasport stolida navbatda turishni avtomatlashtiruvchi” dasturlarni yaratdi. Bu haqda "Sof.uz" xabar bermoqda.

“Pasport stoli uchun ma’lumotlar bazasi dasturi mamlakatimizdagi barcha pasport xizmati bilan shug‘ullanadigan muassasalardagi hujjatlarni bitta dasturga birlashtirish imkonini beradi. Bu dastur orqali fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat haqidagi ma’lumotni yurtimizning qaysi hududida bo‘lishdan qat’i nazar, ushbu bazadan topish mumkin bo‘ladi”, deydi Mohinur Abdug‘afforova.

Pasport stolida navbatda turishni avtomatlashtiruvchi dasturda bitta kompyuter orqali navbatda turishni samarali tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ushbu dasturlar nafaqat soha xodimlariga, balki aholiga ham katta qulaylik yaratib, vaqt va mablag‘ni tejashga xizmat qiladi.

Iqtidorli talabaning mazkur dasturlari joriy yilda o‘tkazilgan Innovasion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar IX Respublika yarmarkasida namoyish etildi. Uning bu ishlanmasi olimlar va yarmarka ishtirokchilarining ijobiy bahosiga sazovor bo‘ldi. M.Abdug‘afforova diplom bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda axborot-kommunikasiya texnologiyalari tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar ilmiy izlanishlar olib borish, yangi dastur, loyihalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, olim va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash imkonini bermoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » TATU talabasi “Pasport stoli uchun ma’lumotlar bazasi” dasturini yaratdi