12:11 / 03.11.2016
6 093

Xiaomi suv o‘tkazmas ryukzak tayyorlamoqda

Xiaomi suv o‘tkazmas ryukzak tayyorlamoqda

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi ayni paytda suvga chidamli ryukzak ustida ishlamoqda. Moslama avvalroq Xiaomi uchun kurtkalar tayyorlagan 90 Points firmasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ryukzak faqat kulrang versiyada chiqariladi. Gabaritlari — 395 x 290 x 160 mm, vazni — 771 gramm. 100% poliestrdan ishlanadi, ichiga ham poliamid materiali bilan ishlov beriladi. Ryukzakning tashqi tomoni suv qaytarish xususiyatiga ega, ostki qismi esa umuman suv o‘tkazmasligi ma’lum qilingan. Ryukzak yomg‘ir va jalali ob-havoga mo‘ljallangan.

Moslamaga bemalol 14 dyuymli noutbukni joylashtirish mumkin. Qulfi magnit bilan himoyalanib, qo‘shimcha xavfsizlik hosil qiladi.

Ryukzak 26 dollar narxida 13 dekabrdan boshlab Xitoyda sotuvga chiqadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi suv o‘tkazmas ryukzak tayyorlamoqda