Huawei ikki yilda Apple’dan o‘tib ketmoqchi

  • 06 noyabr 2016, 00:12
  • 4 442
  • Texnologiya
  • Huawei ikki yilda Apple’dan o‘tib ketmoqchi

    Xitoyning eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchilaridan bo‘lgan Huawei kompaniyasi keyingi ikki yil davomida savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQShning Apple firmasidan o‘tib ketishni rejalashtirgan.

    Terabayt.uz sayti yozishicha, bu haqda kompaniyaning rasmiylaridan bo‘lgan Richard Yu ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Huawei yaqin orada Apple’dan smartfon savdosi ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tib ketish uchun barcha imkoniyatlarga ega (hozir xitoylik kompaniya smartfon savdolari bo‘yicha jahonda uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan, Apple eca ikkinchi o‘rinda). Strategy Analytics statistikasiga ko‘ra, joriy yilning 3 choragida Xitoy firmasi jami 33,6 mln qurilmani sotuvga chiqargan bo‘lib, bu ko‘rsatkich ushbu davrda jahon bo‘ylab sotilgan umumiy smartfonlarning 9 foizini tashkil qiladi. Apple esa 45,5 million qurilmani sotuvga chiqarib, smartfon bozorining 12 foiziga egalik qilgan.

    Umuman olganda, Huawei kompaniyasida mazkur maqsadga erishish uchun imkoniyatlar etarli. Kompaniya bundan bir necha kun ilgari Germaniyada o‘zining navbatdagi flagmani, yirik ekran va jahondagi eng kuchli prosessor bilan jihozlangan Huawei Mate 9 modelini taqdim qilgan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Huawei ikki yilda Apple’dan o‘tib ketmoqchi