Facebook kompaniyasini bugungi kunda faqat ijtimoiy tarmoq bilan bog‘lash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Firma anchadan buyon ijtimoiy tarmoqqa aloqador yoki unga qarashli bo‘lmagan xilma-xil servislarni yaratib kelmoqda. Agar bundan bir necha muddat avval Facebook’ka videoo‘yin striminglari tatbiq etilgan bo‘lsa, yaqinda kompaniya o‘zining Gameroom nomli o‘yin platformasini ishlab chiqdi. Shu bilan birga, avvalroq Facebook Messenger xizmatiga basketbol, futbol va shaxmat kabi bir qator sozlangan o‘yinlar qo‘shilgan edi.
Terabayt.uz saytining yozishicha, shu oyning so‘ngida Facebook mustaqil dasturchilarga Facebook Messenger uchun o‘yinlarni tayyorlashga xizmat qiladigan Instant Games deb ataladigan asboblar to‘plamini chiqaradi. Hozircha o‘yinlarning turi to‘g‘risida batafsil ma’lumot yo‘q. Biroq mutaxassislarning qayd etishicha, birinchi navbatda, mazkur yo‘nalishda asinxron o‘yinlar, ya’ni bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchilar tomonidan o‘ynaladigan o‘yinlarga urg‘u beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi