Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi Amerikaning yirik matbuot nashrlarda reklama qilish uchun sahifalarni xarid qildi, deb yozmoqda «Kun.uz» sayti. Kompaniya Galaxy Note 7 smartfoni uchun kechirim so‘rash maqsadida shunday choralarga qo‘l urmoqda.
«Bizning vazifamiz – xavfsiz va sifatli mahsulotni birga taqdim qilishdir. Biz yaqinda bu va’damizni bajara olmadik. Shu boisdan ham biz samimiy kechirim so‘raymiz», – deyiladi The Washington Post, The New York Times va The Wall Street Journal nashrlarida Samsung Electronics North America rahbari Gregori Li imzosi bilan chop etilgan uzrnomada.
Lining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Galaxy Note 7 smartfonining har bir jihatini o‘rganib chiqadi. «Biz imkon darajasida tez harakat qilamiz», – deya qayd etgan Li, buning uchun vaqt zarurligini e’tirof etgan.
Bundan tashqari, xabarda 2,8 mln dona Samsung kir yuvish mashinalarining qaytarib olinishi ham yodga olingan.
«Xavfsizlik bizning asosiy maqsadimizdir», – degan Li. Uning so‘zlariga ko‘ra, Samsung iste’molchilarning fikrlarini tinglaydi, xatosidan xulosa chiqaradi va xaridorlar ishonchini qaytarishga omil bo‘luvchi choralarni ko‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi