01:32 / 09.11.2016
7 001

WhatsApp’ning iOS versiyasida GIF-animasiyalar paydo bo‘ldi

WhatsApp’ning iOS versiyasida GIF-animasiyalar paydo bo‘ldi

WhatsApp messenjeri garchi o‘z vaqtida millionlab foydalanuvchilar orasida mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, keyinchalik imkoniyati jihatidan undan bir muncha kuchli messenjerlar ham yaratildi. Shuning uchun messenjer endilikda yanada yangi innovasiya va funksiyalarga muhtoj. Mazkur kamchilikni bartaraf etish maqsadida kuni kecha WhatsApp’ning iOS versiyasiga GIF-animasiyalarni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi tatbiq etildi.

Rolikni GIF-animasiyasiga aylantirish uchun uning davomiyligi 6 soniyadan ortmasligi kerak. Animasiyali Live Photo yuborish uchun “Prikrepit” tugmasiga bosish kerak, shundan keyin «Vыbrat kak GIF» menyusini tanlash zarur bo‘ladi.

GIF-animasiyasidan foydalanish uchun ilovaning WhatsApp 2.16.15 versiyasini yuklab olish lozim. Hozircha WhatsApp vakillari mazkur funksiyaning paydo bo‘lgani haqida biror ma’lumot bermagan. Bunga sabab uning Android versiyaga hali qo‘llanmagani bo‘lsa kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » WhatsApp’ning iOS versiyasida GIF-animasiyalar paydo bo‘ldi