01:35 / 12.11.2016
7 496

Google Chrome brauzeri 2 milliarddan ortiq qurilmaga o‘rnatilgan

Google Chrome brauzeri 2 milliarddan ortiq qurilmaga o‘rnatilgan

Google kompaniyasi yaqinda dasturchilar uchun o‘tkazilgan Chrome Dev Summit 2016 konferensiyasida birinchi marta Chrome brauzerining o‘rnatilish qo‘lamiga aniqlik kiritdi.

Chrome Engineering bo‘limi vise-prezidenti Derin Fisherning qayd etishicha, butun dunyo bo‘ylab Chrome brauzeri o‘rnatilgan qurilmalarning soni 2 milliardan ortiqdir. Terabayt.uz saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Google bundan avval Chrome brauzerining qancha gadjetlarga o‘rnatilishiga oid ma’lumotlarni oshkor qilmagan. Faqatgina shu yilning aprel oyida Chrome brauzerining mobil ilovasini oyiga 1 milliardga yaqin foydalanuvchilar ishlatishi borasida xabar berilgan, xolos.

Google kompaniyasining hozirda foydalanuvchilar bazasi 1 milliarddan ortiq bo‘lgan 7 ta mahsuloti mavjud. Bular: Gmail, Android, Chrome, Maps, Search, YouTube va Google Play resursidir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google Chrome brauzeri 2 milliarddan ortiq qurilmaga o‘rnatilgan