HTC Bolt – suvdan himoyalangan yangi smartfon

  • 12 noyabr 2016, 01:52
  • 3 845
  • Texnologiya
  • HTC Bolt – suvdan himoyalangan yangi smartfon

    Tayvanning HTC kompaniyasi bugun AQShda yangi, suvdan himoyalangan HTC Bolt smartfonini taqdim etdi. Avval saytimizda yozganimizdek, model tashqi tomondan HTC 10 modelidan unchalik katta farq qilmaydi. HTC Bolt suvdan IP67 standarti bo‘yicha himoyalangan, biroq undan 3,5 millimetrli audioslot olib tashlangan.

    Smartfon metall korpus bilan o‘ralgan, barmoq izi skaneri Home tugmasiga joylangan. Unga 5,5 dyuymli Quad HD formatidagi Corning Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan displey o‘rnatilgan. Asosiy kamera sensorining aniqligi – 16 MP, optik stabilizasiya va 4K formatida video yozish imkoniyatiga ega, old kamera aniqligi – 8 MP.

    Terabayt.uz saytining yozishicha, qurilma Qualcomm Snapdargon 810 prosessorida ishlaydi, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Akkumulyatorining sig‘imi – 3200 mA/soat. Model 4G LTE, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 4,1, GPS va GLONASS, NFC modullari, shuningdek, USB Type-C porti bilan jihozlangan.

    Gadjet hozircha AQShning Sprint mobil operatori tarafidan 600 dollar narxida sotilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » HTC Bolt – suvdan himoyalangan yangi smartfon