Avval Ad Blocker haqida ma’lumot: bu nom internetda reklamalarni ko‘rinmaydigan qiladigan dasturlar uchun ishlatiladi, ya’ni ular saytlarda reklamalarni bloklaydi.
Facebook esa bir necha oydan buyon shunaqa dasturlarni o‘z saytida bloklash bilan shug‘ullanayotgan edi. Buning natijasida Facebook’ning veb versiyasida ko‘pchilikning Ad Blocker dasturlari ishlamay qolgan va ularga reklamalar ko‘rsatilgan. Bu esa kompaniya daromadlarining oshishiga xizmat qilmoqda.
Bu haqda Facebook’ning moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori Devid Veyner (David Wehner) ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ad Blocker’larni bloklash Facebook’ning veb versiyadagi reklamadan daromadini 18 foizga oshirgan.
Hozirda ham kompaniya muhandis va dasturchilari Ad Blocker’larga qarshi kurashishda davom etishmoqda va ustun kelishmoqda. Umuman olganda biror xizmatdan tekin foydalanilsa, reklamalarga ham chidash kerak, shunday emasmi? “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi