14:21 / 15.11.2016
7 554

Huawei P10 haqida ilk tafsilotlar e’lon qilindi

Huawei P10 haqida ilk tafsilotlar e’lon qilindi

Terabayt saytining xabar berishicha, GFXBench benchmarkida hali taqdim etilmagan Huawei LON-L29 nomi ostidagi smartfon texnik parametrlari paydo bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, ushbu smartfon xitoylik gigantning navbatdagi flagmani — P10 bo‘lishi mumkin. Joriy Huawei P9 smartfoni LON-L19 model kodiga ega, aynan mana shu sabab yuqoridagi qurilmaning P10 ekanligini yana bir marta tasdiqlaydi.

Benchmarkda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Huawei P10 5,5 dyuymli Quad HD ekran, sakkiz yadroli HiSilocon Kirin 960 prosessori (Mali-G71 grafik tezlatkichi bilan), 6 GB tezkor va 256 GB doimiy xotira bilan jihozlanadi.

Flagmanga 12 MPli asosiy va 8 MPli old kamera o‘rnatiladi. Hozircha asosiy kameraning qo‘sh yoki bittalik modulga egaligi noma’lum. Smartfon Android 7.0 Nougat dasturida ishlaydi.

Hozircha modelning taqdimot sanasi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Huawei P10 haqida ilk tafsilotlar e’lon qilindi