Apple kompaniyasi oktyabr oyida App Store resursidan keraksiz va qoidalarga javob bermaydigan 47 300 ta ilovani o‘chirib tashlagan. Ushbu ko‘rsatkich kompaniya 2016 yilda bir oy mobaynida do‘kondan o‘chirgan ilovalar miqdoridan 3 marta ko‘proqdir (odatda, Apple oyiga 14 mingta ilovani o‘chirardi).
Eng ko‘p ilovalar “O‘yinlar” bo‘limidan o‘chirilgan bo‘lib, jami olib tashlangan ilovalarning 28 foizini tashkil qilgan. Keyingi o‘rinlarni “Ko‘ngil ochish” (8,99 %), “Kitoblar” (8,96%) va “Ta’lim” (7%) bo‘limlari egallagan. O‘chirilgan ilovalarning qariyb yarmi 2015 yilning may oyidan beri yangilanmagan.
Apple’ning ta’kidlashicha, App Store’da har hafta taxminan 100 mingga yaqin yangi va yangilangan ilovalar paydo bo‘ladi. Do‘kondagi ilovalarning jami soni 2 million atrofida. 2020 yilga borib ushbu miqdor 5 millionga etishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi