13:23 / 18.11.2016
7 272

Coca-Cola butilkaga o‘rnatiladigan selfi kamera chiqaradi

Coca-Cola butilkaga o‘rnatiladigan selfi kamera chiqaradi

Turli xildagi ichimliklar bilan dunyoga tanilgan AQShning Coca-Cola kompaniyasi o‘zini gadjetlar sanoatida ham sinab ko‘rish niyatida, shekilli. Firma yaqinda plastik idishga o‘rnatilagan selfi kamerani ishlab chiqdi. Terabayt.uz nashrining yozishicha, aksesskarni 500 ml sig‘imdagi Coca-Cola butilkasiga o‘rnatish mumkin. Shu tariqa oddiy ichimlik idishi selfi oladigan butilkaga aylanadi-qo‘yadi.

Qiyalik burchagi 70 gradusdan oshganda aksessuar avtomatik tarzda rasmga olishni boshlaydi (ya’ni bevosita ichimlikni iste’mol qilish vaqtida). Aksessuarda olingan rasmlarni boshqa qurilmaga uzatishga xizmat qiladigan USB port ham ko‘zda tutilgan.

Hozircha gadjetning boshqa texnik parametrlari va sotuvga chiqish sanasiga aniqlik kiritilmagan. Biroq tizerlarga qaraganda aksessuar tez orada AQSh do‘konlarida paydo bo‘lishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Coca-Cola butilkaga o‘rnatiladigan selfi kamera chiqaradi