Apple iPhone’ni ishlab chiqarish AQShga ko‘chirilishi mumkin

  • 19 noyabr 2016, 13:12
  • 4 372
  • Texnologiya
  • Apple iPhone’ni ishlab chiqarish AQShga ko‘chirilishi mumkin

    Ma’lumki, Apple kompaniyasining deyarli barcha qurilmalari Xitoyda ishlab chiqariladi. Aniqrog‘i, “Olma” qurilmalari Foxconn va Pegatron firmalari tomonidan tayyorlanadi. Biroq AQShda prezident o‘zgarishi munosabati bilan ayni paytda bir qator amerikalik brendlar o‘z mahsulotlarini tayyorlashni AQShga ko‘chirish masalasini o‘ylab ko‘rishmoqda. Bunga sabab amerikalik ishbilarmonlarning davlatga etarli miqdorda soliq to‘lamayotganidir. Eng qizig‘i, yangi hukumat Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 45%lik boj joriy qilishni ham rejalashtirgan. Terabayt.uz yozishicha, shu maqsadda Apple ham Tayvanning yuqorida nomi kelgan ikki yirik kompaniyasidan iPhone’larni AQShda ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan.

    Hozircha Tayvanning Foxconn va Pegatron firmalari bu borada Apple’ga hech qanday javob bermadi. Biroq ular rozi bo‘lgan taqdirda ham, kelajakda Apple qurilmalarining narxi AQSh hududida tayyorlangani bois ikki baravarga oshishi mumkin. Bunday holat na ishlab chiqaruvchi va na mijozga xush keladi. Voqealar rivojini kuzatamiz.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Apple iPhone’ni ishlab chiqarish AQShga ko‘chirilishi mumkin