14:52 / 21.11.2016
7 138

iOS’da ekrandagi parolni aylanib o‘tish usuli aniqlandi

iOS’da ekrandagi parolni aylanib o‘tish usuli aniqlandi

Bundan bir necha kun avval YouTube’dagi iDeviceHelp kanali blogeri tomonidan iOS’dagi qurilmalarning ekranidagi parolni aylanib o‘tish usuli aks video video namoyish qilingan edi. Ushbu usul yordamida foydalanuvchining shaxsiy fayllariga (jumladan kontakt, jurnal, xabarlar va rasmlar) kirish mumkin. Terabayt.uz saytida yozilishicha, mazkur usul ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan sinalgach, iOS 8 va undan yangiroq versiyalarga ega deyarli barcha qurilmalarda uni qo‘llash imkoniyati mavjudligi tasdiqlangan. Ushbu parolni aylanib o‘tish usuli faqatgina Siri assistenti faollashtirilganda ishlashi mumkin.

Ekran blokini aylanib o‘tish uchun avval iPhone’ga qo‘ng‘iroq qilish, shundan keyin xabar yuborish zarur bo‘ladi. Shundan keyin Siri assistentidan xabarni o‘qishni so‘rash, ikki marta tegish va yuboruvchi haqidagi tafsilotni bosib turish talab etiladi. Shu zaylda ekranda chiqadigan klaviaturaga tegishga ulgurish kerak bo‘ladi. Agar hamma qadamlar to‘g‘ri bajarilsa, qurilmadagi fayllarga kirish yo‘li ochiladi.

Apple mazkur zaif nuqta haqida ogohlantirilgan bo‘lib, navbatdagi dastur yangilanishida uni bartaraf etishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iOS’da ekrandagi parolni aylanib o‘tish usuli aniqlandi