19:01 / 22.11.2016
8 418

UMS 56ta yangi 3G baza stansiyasini ishga tushirdi

UMS 56ta yangi 3G baza stansiyasini ishga tushirdi

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori shu yilning noyabr oyida Namangan va Farg‘ona viloyatlarining shahar va tumanlarida 56ta yangi UMTS 2100 standartida ishlaydigan baza stansiyasini tijoriy foydalanishga topshirdi.

UMS kompaniyasi LTE texnologiyasini keskin rivojlantirish va 2G tarmoqlarini modernizasiya qilish ishlari bilan bir qatorda O‘zbekiston hududlarida tezkor Internetning eng ommabop texnologiyasi bo‘lgan 3Gning sifatini oshirishga bel bog‘lagan. Qishloq joylarida 3G tarmog‘i qamrovini kengaytirish, aholi ko‘p yashaydigan hududlarda esa tarmoq sig‘imini oshirish ishlari bo‘yicha son va sifat nuqtai nazaridan yangi marralarga erishilmoqda.

Mazkur yilning noyabr oyida kompaniya o‘z e’tiborini respublikaning Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yangi baza stansiyalarini o‘rnatishga qaratdi.

Hususan, Namangan viloyatining ma’muriy markazi va qishloq hududlarida UMS mobil operatori tomonidan uchinchi avlod tarmoqlarida ishlaydigan 20ta yangi baza stansiyasi o‘rnatildi. Namangan shahrida ular Do‘stlik va Go‘zal shox kuchalari, A.Temur, Q. Otamirzaev, Marg‘ilon va Shifokor ko‘chalarida, Axsikent mavzesida, 6-chi daha va Davlatobod tumanida paydo bo‘ldi.

«Irvadon» (Namangan tumani), «Mashad» (Uychi tumani), «Qayqi» (Uchqo‘rg‘on tumani), «Varzik», «G‘ova» (Chust tumani), «Nanay» (Yangiqo‘rg‘on tumani) qishloq fuqarolar yig‘inlarida, shuningdek, Gurumsaroy (Pop tumani), Yorqo‘rg‘on (Uychi tumani), Qo‘g‘ay (Uchqo‘rg‘on tumani) qishloqlarida UMS mobil operatori tomonidan yangi baza stansiyalarini ishga tushirilishi mahalliy axoliga katta quvonch olib keldi.

Farg‘ona viloyatida UMS mobil operatori 36ta yangi baza stansiyasini o‘rnatdi. Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon, Yozyovon kabi shaharlarda tarmoq sig‘imini kengatirish maqsadida yangi baza stansiyalari aholi zich yashaydigan va jamoat joylarida barpo etildi.

Qishloqlarda UMSning yangi baza stansiyalarini o‘rnatish oqibatida 3G qamrovi doirasi yanada kengaydi. Ular quyidagi hududlardir: «Fayzobod» (Oltiariq tumani), «Yakkatut» (Beshariq tumani), «Bekobod» (Buvayda tumani), «Akbarobod» (Quva tumani), «G‘ishtmon» (Qo‘shtepa tumani), «Rajabgardi» (O‘zbekiston tumani), «Navro‘z» (Uchko‘prik tumani), «Mindon» (Farg‘ona tumani) qishloq fuqarolar yig‘ini, Rapkan (Beshariq tumani), Oqqurg‘on (Buvayda tumani), Naymancha (Dang‘ara tumani), Tolmozor (Quva tumani), Qumtepa (Qo‘shtepa tumani), Bo‘ston (Rishton tumani), Arabmozor va Zarkent (Toshloq tumani), O‘qchi (O‘zbekiston tumani), Chimyon va Avval (Farg‘ona tumani), Chilgijiyda (Furqat tumani).

- UMSning 3G tarmog‘i mamlakatimizning barcha hududiy markazlarida, yirik shaharlar, tuman markazlari, ko‘plab qishloq fuqarolar yig‘inlarida ishlaydi. Uni rivojlantirish masalasi kompaniya uchun dolzarbdir. 2016 yilning noyabr-dekabr oylarida va butun 2017 yil davomida 3G qamrovini kengaytirishga qaratilgan investisiyalar hajmini oshiramiz. Tarmoq sig‘imini ham oshirishga katta e’tibr qaratamiz, natijada UMS tarmog‘ida ma’lumot uzatish tezligi yanada ortadi, - deya, kompaniyaning istiqbolli rejalari bilan bo‘lishdi “UMS” MChJ texnik direktori Olga Filatova.

UMS mobil operatorining LTE/3G/2G tarmoqlari qamrovi haritalari bilan ushbu xavola orqali kompaniya saytida tanishib chiqish mumkin: https://company.ums.uz/uz/zones/tash.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » UMS 56ta yangi 3G baza stansiyasini ishga tushirdi