Telegram messenjeri qaydlar uchun Telegraph platformasini ishga tushirdi

  • 23 noyabr 2016, 18:19
  • 5 091
  • Texnologiya
  • Telegram messenjeri qaydlar uchun Telegraph platformasini ishga tushirdi

    Telegram messenjeri matnlarni chop qilish uchun Telegraph platformasini taqdim etdi, deb yozadi Daryo. Yangi servis tashqi jihatdan Medium blog-platformasiga o‘xshash, ammo u ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmaydi va «nochorroq» funksionalga ega.

    Telegraph’dagi qaydlarga video, tvitlar va boshqa kontentni joylash mumkin. Qaydlarni faqat o‘zi kiritilgan kompyuter orqaligina tahrirlash mumkin, deb taxmin qiladi nashr.

    Telegram messenjerida Telegraph’ga linklar Instant View funksiyasi orqali aks etadi, u Facebook‘dagi Instant Articles kabi sahifalarning yuklanishini kutib o‘tirmasdan, ularni ko‘rish imkonini beradi.

    Instant View yordamida cheklangan sondagi saytlarga linklarni ko‘rish mumkin, biroq kelajakda Telegram yaratuvchilari butun internetni qamrab olishni rejalashtirmoqda. Instant View Telegram’ning yangilangan versiyasida mavjud, uni esa allaqachon yuklab olish mumkin.

    » » Telegram messenjeri qaydlar uchun Telegraph platformasini ishga tushirdi