13:43 / 24.11.2016
6 988

Amerikalik olimlar smartfonni bir necha soniyada zaryadlaydigan texnologiyani yaratishdi

Amerikalik olimlar smartfonni bir necha soniyada zaryadlaydigan texnologiyani yaratishdi

Garchi zamonaviy smartfonlar ilg‘or texnologik funksiyalarga ega bo‘lsa-da, ularning bir zaryadda ishlash davomiyligi hali-hamon qisqa muddatni tashkil qiladi. Buning ustiga tezkor quvvatlash texnologiyalari ixtiro qilinganiga qaramay, smartfonlarni zaryadlashga ketadigan vaqt sezilarli darajada kamaymagan. Ayni vaqtda soha olimlari va turli raqamli qurilma tayyorlaydigan kompaniya mutaxassislari smartfonni yanada tez zaryadlash va batareyaning avtonom ishlash vaqtini oshiradigan yangi echimlar ustida bosh qotirishmoqda.

Terabayt.uz saytida bugun paydo bo‘lgan xabarda yozilishicha, AQShning Florida universiteti tadqiqotchilari yanada ko‘proq energiya saqlaydigan elastik superkondensatorlar ishlab chiqishga mo‘ljallangan yangi texnologiyani yaratishgan. Bu kondensatorlar 30 000 marta zaryadlash siklidan keyin ham o‘z xusususiyatlarini yo‘qotmaydi.

Texnologiya mualliflaridan bir Nitin Chudxarining aytishicha, agar batareyalarga ushbu kondesatorlar o‘rnatilsa, ularni bir necha soniyada zaryadlash mumkin. Eng qizig‘i, telefonning zaryadi bunda bir haftagacha etishi mumkin ekan. Olimlar yaratgan mazkur kondensatorlar million-million nanometrlardan tashkil topgan o‘tkazgichlardan iborat bo‘lib, ikki qobiqli metariallar bilan qoplangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amerikalik olimlar smartfonni bir necha soniyada zaryadlaydigan texnologiyani yaratishdi