Quyoshli batareyalardan iborat yo‘l qoplamasi ishlab chiqildi

  • 25 noyabr 2016, 10:59
  • 4 790
  • Texnologiya
  • Quyoshli batareyalardan iborat yo‘l qoplamasi ishlab chiqildi

    Fransiyaning Bouygues xoldingi bo‘linmasi Wattway 18 g‘ildirakli yuk mashinasining vaznini ko‘tara oluvchi quyoshli batareyalar panelini ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Kun nashri. Ular yo‘l qoplamasi sifatida o‘rnatilmoqda. Besh yillik tadqiqot va laboratoriya sinovlaridan so‘ng kompaniya 100 ta ochiq sinov poligonini qurib, texnologiyani 2018 yilda tijoratga kiritmoqchi.

    Wattway panellarning chidamliligi uchun bir necha turdagi plastmassadan foydalanmoqda. Elektr simlar tarmog‘i yo‘lga joylashtiriladi, konstruksiyaning yuqori qismi esa maydalangan oynadan yaratilib, bu sirg‘anishning oldini oladi.
    Bir kilometrlik sinov poligoni oktyabr oyida Fransiyaning Turuvr shahrida qurila boshlandi. 2,8 ming kvadrat metr quyosh panellari 280 kilovatt-soatni yuzaga keltiradi.

    Ayni damda yo‘l qoplamasining bir kvadrat metri 2-2,5 ming evroga tushmoqda. Wattway oddiy quyoshli panellarni ishlab chiquvchilar bilan raqobatlashish maqsadida 2020 yilga qadar narxlarni arzonlashtirishga harakat qiladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Quyoshli batareyalardan iborat yo‘l qoplamasi ishlab chiqildi