Samsung kompaniyasi noutbuk biznesida, ta’kidlash kerak, smartfon yoki televizorlar bozoridagi muvaffaqiyatini takrorlay olmadi. Hozirda garchi Janubiy Koreya kompaniyasi turli formatdagi noutbuklarni tayyorlayotgan bo‘lsa-da, aftidan, ular keltiradigan daromad kutilgan darajada yuqori emas, deb yozmoqda Sof.uz sayti.
Samsung tez orada o‘zining noutbuk biznesini Xitoyning Lenovo kompaniyasiga sotib yuborishi mumkin. Ikki gigant orasidagi mazkur mavzuga doir muzokaralarda Paul Hastings xalqaro agentiligi Samsung nomidan ishtirok etadi (Lenovo‘ni manfaatlarini Freshfields Bruckhaus Deringer himoya qiladi). Hozircha kelishuvning bahosi ma’lum emas, biroq taxminlarga ko‘ra u 850 mln AQSh dollarini tashkil qilishi mumkin. Lenovo hozirgi kunda noutbuk savdolari bo‘yicha jahonda etakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan taxminan 2 oy avval Samsung o‘ziga tegishli printer biznesini qariyb 1 millard dollar evaziga AQShning HP kompaniyasiga sotib yuborgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi