14:23 / 26.11.2016
6 774

Chuwi HiBox Hero – 4 GB operativ xotiraga ega mini-kompyuter

Chuwi HiBox Hero – 4 GB operativ xotiraga ega mini-kompyuter

Arzon planshetlari ishlab chiqarish bilan yaxshi tanilgan Xitoyning Chuwi kompaniyasi Chuwi HiBox Hero nomi ostida o‘zining birinchi mini-kompyuterini namoyish qilish arafasida. Kompyuterning texnik parametrlari va suratlari internet tarmog‘ida e’lon qilingan.

Chuwi HiBox Hero ixcham o‘lchamlarga ega bo‘ladi (120 x 120 x 25 mm), unga bir krisstalli Intel Atom x5-Z8350 prosessori, 4 GB DDR3 operativ xotira va 64 GB eMMC doimiy xotira o‘rnatiladi.

Terabayt.uz xabarida yozilishicha, mini-kompyuter Windows 10 yoki Android 5.1 platformasida ishlashi mumkin. Wi-Fi (2,4 va 5 GGs), Bluetooth 4.0 interfeyslari, Ethernet, uchta USB port, HDMI va naushnik sloti bilan jihozlangan.

Hozircha modelning narxiga aniqlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Chuwi HiBox Hero – 4 GB operativ xotiraga ega mini-kompyuter