AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi 18 yoshli qiz bir necha maktabni birlashtiruvchi kompyuter tarmog‘iga hujum uyushtirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda okrug prokurori Jon Pek The Pittsburgh Tribune-Review gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Bu haqda Terabayt yozmoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, birinchi marta maktab o‘quvchisiga nisbatan bu turdagi ayblov ilgari surilmoqda. Prokuror tergov natijalariga tayangan holda uchta DDoS-hujum 31 oktyabr kuni amalga oshirilganini aytib o‘tdi. Har bir hujum 10–45 daqiqa davom etdi. Buning oqibatida uchta ta’lim markazi faoliyati izdan chiqdi, shtatdagi turli idoralar hamda Grinsberg degan joydagi katolik ibodatxonasi kompyuter tarmoqlari zarar ko‘rdi.
Kiberhujumlarni tashkil etish uchun qiz o‘z maktabidagi va uyidagi kompyuterlardan foydalandi.
Uch haftalik tekshirishlardan so‘ng gumondor maktab o‘quvchisi qo‘lga olindi. Ish yuzasidan dastlabki eshituvlar 20 dekabrga belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi