17:58 / 26.11.2016
6 549

Zamin.uz sayti «Milliy internet tanlovi» finalchisi!

Zamin.uz sayti «Milliy internet tanlovi» finalchisi!

Xabaringiz bor Zamin.uz sayti «MIT.UZ – Milliy internet tanlovi»da ishtirok etayotgan edi.

Tanlovning rasmiy saytida yozilishicha saytimiz (Zamin.uz) «Eng yaxshi yangiliklar sayti» nominasiyasi bo‘yicha 72 ta sayt orasidan saralanib finalchisi etib belgilanibdi. Demak, biz finaldamiz!

Tanlovning g‘oliblarni taqdirlash marosimi joriy yilning 12 dekabr sanasida o‘tqazilishi va g‘oliblar nomi taqdirlash marosimidan 3 kun oldin e’lon qilinishi haqida tashkilotchilar xabar berdilar.

Tanlov haqida qisqacha:

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan qator vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan “MIT.UZ – milliy internet tanlovi”da 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan mingdan ortiq internet sayt muallif va ishlab chiquvchilari qatnashdi.

Tanlovda UZ domenidagi veb-resurslar tanlab olindi. Final ishtirokchilarining ijodiy ishlari o‘nta asosiy va oltita qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha saralandi.

2013-2016-yillarda tanlovda jami 4449 nafar yigit-qizlar ishtirok etdi. Shunisi e’tiborliki, tanlov qatnashchilarining ishlanmalari o‘tgan yillarnikiga qaraganda ancha sifatli hamda texnik jihatdan yuqorilab borishini kuzatish mumkin. Taqdim etilgan saytlarning 784 tasi joriy yilda ishga tushirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Zamin.uz sayti «Milliy internet tanlovi» finalchisi!