17:57 / 17.03.2015
6 659

Apple iPhone uchun to‘lov sifatida Android dasturidagi eski telefonlarni oladi

Apple iPhone uchun to‘lov sifatida Android dasturidagi eski telefonlarni oladi

AQShning Apple Inc. korporasiyasi o‘zi ishlab chiqaradigan iPhone rusumli smartfonlarining xaridorlaridan to‘lov sifatida Android dasturiy ta’minotida ishlovchi eski telefonlar qabul qilinishini ma’lum qilgan. Endilikda mijozlar Apple magazinlariga OC Android dasturiy ta’minotida ishlovchi eski telefonlarni topshirib, iPhone smartfonlarini arzonlashtirilgan narxda sotib olishi mumkin. Bloomberg nashrining xabar berishicha, shu yo‘l bilan kompaniya boshqa rusumdagi smartfonlar xaridorlarini o‘z maqsadli auditoriyasiga qo‘shmoqchi.

Trade-in deb nomlangan bu ushbu tizim Apple do‘konlarida 2013 yilda joriy qilingan edi. Kompaniya shu tizim yordamida mijozlarning yangi avlod smartfonlariga o‘tishini tezlashtirgan edi. Endi dasturga OC Android dasturiy ta’minotida ishlovchi telefonlarni va Blackberry smartfonlarini kiritish rejalashtirilmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple iPhone uchun to‘lov sifatida Android dasturidagi eski telefonlarni oladi