13:44 / 27.11.2016
6 565

Tesla Motors Microsoft kompaniyasining etakchi dizaynerini ishga yolladi

Tesla Motors Microsoft kompaniyasining etakchi dizaynerini ishga yolladi

Ma’lumki, yirik kompaniyalar o‘z raqobatchilarining xodimlarini ishga yollash masalasiga jiddiy ishtiyoq bilan qarashadi. Sababi katta tajriba va ko‘nikmaga ega mutaxassis kompaniyani butunlay yangi darajaga ko‘tarishi mumkin.

Yaqinda AQShning Tesla Motors kompaniyasi IT-gigant Microsoft‘da etakchi diayner sifatida faoliyat yuritgan Endryu Kimni ishga yollab, uni bosh dizayner lavozimiga tayinladi. Endryu Kim Microsoft HoloLens loyihasi ustida uch yildan ko‘proq mehnat qilgan. Shuningdek, u Xbox One S pristavkasini takomillashtirishda ham o‘z hissasini qo‘shib kelgan. Hozircha Kim avtomobil kompaniyasida qaysi loyihalar bilan shug‘ullanishi noma’lum. Biroq shu narsa aniqki, elektromobil ishlab chiqarishda yangi davrni ochib bergan Tesla Motors firmasiga uning iste’dodi juda katta manfaat keltirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tesla Motors Microsoft kompaniyasining etakchi dizaynerini ishga yolladi